Davlat bayrog’i va uning ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.
1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog’ining rangi ham moviy rangda edi.
2. Bayroqdagi oq rang-muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang-poklik, beg’uborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsoli.
3. Yashil rang- tabiatning yangilanish ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
4. Qizil chiziqlar- vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlar xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug’ kelajagimizga bo’lgan ishonchimiz ifodasidir.
“Yo’l-Loyiha Byurosi” MChJ jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan qizg’in muborakbod etadi. Ona yurtimizdagi tinchlik va osudalik hech qachon bizni tark etmasin, bayorg’imiz baland – balandlarda O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt sha’ni, shonu shavkatidan darak berib hilpirayversin!
Врио генерального директора:
Джураев Азиз Абдикаримович. Приемный день: четверг - с 14:00 до 16:00
1-Заместитель директора и главный инженер:
Мухутдинов Ғуломхўжа Фазлиддин ўғли. Приемный день: пятница - с 14:00 до 16:00
Заместитель генерального директора по финансово-внешнеэкономическим связям:
Акилов Сардор Фуркатович. Приемный день: среда - с 14:00 до 16:00
Главный инженер:
Мухутдинов Ғуломхўжа Фазлиддин ўғли. Приемный день: среда- с 14:00 до 16:00